Samarqandda qariyb 2 mlrd so‘mlik tokni o‘g‘irlagan mayning ferma aniqlandi

3-sahifa

image

Samarqand viloyati Ishtixon tumanida deyarli 2 mlrd so‘mlik tokni o‘g‘irlagan mayning ferma fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Samarqand viloyati Ishtixon tumani “Qaraquyli” mahallasida joylashgan “M.G.M” oilaviy korxona rahbari X.Yo. jamiyat binosining yer to‘lasida mayning qurilmalarini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 1,8 mlrd so‘mlik 2 mln kVt.soat elektr energiyasini o‘g‘irlagan. 

Mazkur holatlar yuzasidan X.Yo. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Samarqand viloyati Ishtixon tumanida 28,8 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma fosh etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand mayning ferma tok

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing