Samarqandda IV-VIII asrlarga oid tarixiy yodgorliklarga ziyon yetkazildi
3-sahifa
−
13 Sentabr 2023
2613Samarqand va Toshkent viloyatidagi tarixiy yodgorliklarga jami 288 million so‘mlik zarar yetkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Qayd etilishicha, fuqaro O.T. Samarqand viloyati Ishtixon tumanida joylashgan IV-VIII asrlarga oid “Nomsiztepa-3” arxeologiya yodgorligining 9,6 metr kvadrat qismini buzmoqchi bo‘lgan. Uning bu harakati o‘z vaqtida to‘xtatib qolinishi natijasida ushbu tarixiy yodgorlikning 652 metr kvadrat maydoni saqlab qolingan.
Shu kabi, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan ilk o‘rta asrlarga oid “Qo‘shqo‘rg‘ontepa” arxeologik yodgorligining 7,4 metr kvadrat tuproq qismi mahalliy fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda qo‘porilayotgani aniqlangan. Jinoyatning o‘z vaqtida oldi olinishi natijasida ushbu ob’ektning 492 metr kvadrat maydoni asrab qolingan.
Yodgorliklarga yetkazilgan jami 288 million so‘mlik zarar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi