Samarqandda iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarilgani aniqlandi

Jamiyat

image

Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanida xavfsizlik talablariga javob bermaydigan yog‘ ishlab chiqaruvchi sex faoliyati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “J.J.” MCHJ rahbari J.M. qarindoshi M.Sh.ga tegishli noturar binoda yashirin sex tashkil etib, iste’molchilarning hayoti va sog‘ligi uchun xavfli yog‘ mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.

“Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan birga o‘tkazilgan tezkor tadbirda 350 litr yog‘, 13 330 kg chigit, 1 dona juvoz uskunasi va boshqa tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi”, deyiladi xabarda.    

Ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan JKning 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand iste'molga yaroqsiz yog'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing