Samarqandda IIB tergovchisi pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
04 avgust 2022
11331Kecha, 3 avgust kuni Samarqand shahar Ichki ishlar boshqarmasi tergov bo‘limi tergovchisi 5 ming dollar pora bilan ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR’UZ’ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, o‘sha kuni soat 14:00 atrofida hukukni muxofaza kiluvchi organ xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tergovchisi Z.K. ish yurituvidagi jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchiga yengillik qilib bergani evaziga tamagirlik yo‘li bilan talab kilgan 5 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan.
3 avgust Z.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va gumonlanuvchi protsessual tartibida ushlangan.
LiveBarchasi