Samarqandda IIB xodimlari bolalarga kuch ishlatdimi? (video)
3-sahifa
−
22 iyul 2025 6942 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand tumani IIB xodimlari 15 va 10 yoshli bolalarga kuch ishlatib, ularga tan jarohati yetkazgani, xodimlar ustidan shikoyat qilingan bo‘lsa-da, jabrlanganlar ekspertizadan o‘tish uchun yuborilmagani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova bilan bog‘landi.
Uning QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qilishicha, holat aslida ijtimoiy tarmoqlarda iddao qilinganidan boshqacha bo‘lgan. Ya’ni IIO xodimlari qidiruvda bo‘lgan shaxsga oid e’lonni yopishtirayotgan paytda qidiruvdagi shaxsning farzandi voqea joyiga kelgan. U e’lonlarni yulib tashlab, xodimlarga xalaqit qilgan.
Bola harakatiga chek qo‘yish aytilsa xam davom etgani uchun xodimlar uni mashinada IIBga olib borishmoqchi bo‘lishgan. Bolaning yoshi aniqlangach, u qo‘yib yuborilgan.
“Hozirda xodimlar harakati yuzasidan xizmat tekshiruvi bormoqda. Bolaga zarar yetmagan. Lekin biz baribir xizmat tekshiruvi natijasini ham o‘rganamiz”, deydi Surayyo Rahmonova.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Samarqand viloyatida IIB xodimi jurnalistga aybini tan olishini talab qilib, Samarqand tuman sudida kuch ishlatgani va uni haqorat qilgani xabar qilingandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025