Samarqandda IIB xodimi 10 ming dollar pora bilan ushlandi (video)

3-sahifa

image

Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi katta tezkor xodimi 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga tushdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasining Jinoyat qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi katta tezkor xodimining noqonuniy xatti-harakatiga chek qo‘yilgan. Ya’ni tezkor xodim o‘zining mansabdor tanishlari orqali Samarqand shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 3-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishida ayblanuvchilar sifatida o‘tayotgan 31 yoshli shaxsga tegishli qismini Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga (Reabilitatsiya uchun asoslar) asosan tugatish hamda 22 yoshli fuqaroga nisbatan esa “uy qamog‘i” ehtiyot chorasini qo‘llagan holda uni ozodlikda qoldirish evaziga 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlanib, holat protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Bildirilishicha, hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi (Pora berish) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limining tezkor bo‘linmasi boshlig‘i 7 ming AQSH dollari miqdorida pora olgan vaqtida qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

pora Samarqand IIB xodimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing