Samarqandda fermer xo‘jaligi yerini 40 ming “ko‘kat”ga pullayotgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida noqonuniy yer sotayotganlar qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida yashovchi 39 yoshli fuqaro o‘zi rahbarlik qilayotgan fermer xo‘jaligiga tegishli 20 sotix yer maydonini noqonuniy ravishda 40 ming dollarga sotishga kelishgan. 

U mazkur pul mablag‘ini olgan vaqtida DXXning viloyat boshqarmasi va prokuratura departamentining hududiy bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlangan.

DXXning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan departamentning hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda esa To‘rtko‘l tumanida yashovchi 48 yoshli shaxs fuqaroga 30 yil muddatga dehqonchilik qilish maqsadida ajratilgan To‘rtko‘l tumanidagi 1,8 gektar yer maydonini uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 350 million so‘m olgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Farg‘ona tumanida yashovchi fuqaro tuman hokimligi zaxirasidagi yer maydonidan 1 gektarini xaridorga 28 ming dollarga sotishni hamda ushbu yer maydonini mansabdor tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni va’da qilgani aniqlangan. 

Shundan so‘ng, jarayon davom ettirilib, mazkur fuqaro yer maydoni uchun pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

DXX Samarqand Farg'ona Qoraqalpog'iston noqonuniy er savdosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing