O‘zbekistonda eronlik erkak koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat

image

Bugun, 26 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 174 nafarga oshib, 39 964 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

•    164 nafari Toshkent shahrida;

•    6 nafari Toshkent viloyatida;

•    4 nafari Andijon viloyatida aniqlangan.

Shu bilan birga, Samarqand shahrida yashagan 38 yoshli X.Q. (erkak) hamda Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolangan 58 yoshli Eron Islom Respublikasi fuqarosi B.S. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand, Namangan, Surxondaryo, Andijon viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 419 nafar bemor tuzaldi. Shunday qilib, O‘zbekistonda 36 402 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (91 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 3 271 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

108

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing