Samarqandda erkak xotinining xiyonatiga chidolmasdan 2 bolasini bo‘g‘ib o‘ldirdi

3-sahifa

image

Samarqandda 39 yoshli erkak Rossiyada ishlaydigan xotinining xiyonatiga chidolmasdan ikki o‘g‘lini bo‘g‘ib o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Bugun, 17 may kuni soat 03:00 larda Toyloq tumanida erkak Rossiyaga ishlash uchun ketgan turmush o‘rtog‘ini begona shaxslar bilan ishqiy munosabatda bo‘lgani haqida video tasvirlarini ko‘rib, u bilan telefon orqali janjallashgan.

So‘ngra u turmush o‘rtog‘idan qasd olish maqsadida uyida uxlab yotgan 2 nafar voyaga yetmagan o‘g‘lini (2015 va 2017 yillarda tug‘ilgan) qasddan o‘ldirgan. U bu haqida o‘zi tuman Ichki ishlar boshqarmasiga borib ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a”,“v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibida ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi diplomatik vakolatxonasiga o‘zbekistonlik migrant kelib, xotinini o‘ldirganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Samarqand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing