Samarqandda erkak amakivachchasini pichoqlab o‘ldirdi

3-sahifa

image

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida 28 yoshli erkak kelishmovchilik sabab 23 yoshli amakivachchasini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 1 avgust kuni 16:00 larda Pastdarg‘om tumani “Chortut” mahallasida sodir bo‘lgan. Unda 28 yoshli N.O. kelishmovchilik sabab 23 yoshli amakivachchasi S.M.ni oshxona pichog‘i bilan o‘ldirib qo‘ygan. 

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Rahmat Mamatov ishtirokida mazkur qotillik muhokamasi atroflicha o‘rganilgan va tahlil qilingan. Unda tuman hokimligi, mutasaddi tashkilotlar, jamoatchilik vakillari mahalla ahli ishtirok etgan.

“Yoshlarning fe’l-atvori, bilimi va dunyoqarashi, jamiyatda tutgan o‘rni, eng asosiysi kelajagi hech birimizni befarq qoldirmasligi lozim. Nima uchun keyingi vaqtlarda yoshlar jinoyatchiligi ortdi? Uning sabablari tahlil qilinganda, aksariyati yoshlarning kasb-hunar o‘rganmasdan, ta’lim olmasdan bekor yurganidan kelib chiqishi ma’lum bo‘ldi”, deydi boshqarma boshlig‘i.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri Chilonzor tumanida 25 yoshli yigit kelishmovchilik tufayli o‘z akasini pichoqlab o‘ldirgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida uka akasi bilan janjallashib, uni o‘ldirib qo‘ygan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Pastdarg'om

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing