Samarqandda er xotinini pichoqlab, o‘ldirdi
3-sahifa
−
27 iyul
14616Samarqand viloyatida er xotinini pichoqlab, o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Bildirilishicha, joriy yilning 24 iyul kuni taxminan soat 16:11 da Pastdarg‘om tumani O‘rta Charxin mahallasida yashovchi 1998 yilda tug‘ilgan R.R. va uning turmush o‘rtog‘i 2000 yilda tug‘ilgan Sh.M. o‘rtasida nizo yuzaga kelgan. Oqibatda R.R. ayolining turli joylariga oshxona pichog‘i bilan shikast yetkazib, qasddan o‘ldirgan.
Mazkur holat yuzasidan R.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ishga gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan hamda himoya huquqi ta’minlangan holda Jinoyat-protsessual kodeksining 221-227-moddalariga asosan protsessual tartibda ushlangan.
“Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu oila a’zolari R.R. va M.Sh. larning rasmi namoyish qilingan, biroq ish tafsilotlari noto‘g‘ri talqin qilinganligi, bloger tomonidan sharhlangan holat ushbu sodir qilingan qotillik holatiga daxli yo‘qligi ma’lum qilinadi”, deyiladi ma’lumotnomada.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyati Shovot tumanida yashovchi erkak xotinini sehr-jodu bilan shug‘ullanishda ayblab, bolta bilan urib o‘ldirgandi. Unga nisbatan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
LiveBarchasi