Samarqandda do‘konga hujum qilganlar eshik va Gentra oynalarini pachoqlab tashladi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda bir necha kishi Samarqand viloyati Payariq tumanidagi do‘konga bostirib kirib, eshiklar va Gentra avtomobili oynalarini pachoqlab tashlagani aks etgan videolar tarqaldi. Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 5 iyun kuni soat 22:00 larda Payariq tumani “G‘oyibota” mahallasida joylashgan savdo do‘koni yonida tumanning “Turkibola” mahallasida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan B. hamda shu mahallada yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan S. lar o‘rtasida kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik oqibatida S. qo‘lidagi temir bo‘lagi bilan B.ning bosh qismiga urib, tan jarohati yetkazgan. Videoda esa bir necha kishi do‘konga bostirib kirib, eshiklar va Gentra avtomobili oynalarini pachoqlab tashlaganini ko‘rish mumkin.

Holat yuzasidan Payariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-modda 2-qismi “l” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi protsessual tartibda ushlangan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov harakatlari davomida, janjalda ishtirok etgan boshqa shaxslarning harakatlariga huquqiy baho berilishi ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand

Baholaganlar

338

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing