Samarqandda davlatning 5,5 mlrd so‘mlik tokini o‘margan mayning ferma aniqlandi

Olam

image

Samarqand viloyati Toyloq tumanida 5,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma fosh etildi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi.

Qayd etilishicha, “O‘zenergoinspeksiya” Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi va Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toyloq tumani, "Chorog‘bon" MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro E.S. tijorat maqsadida 55 ta to‘plamdagi mayning qurilmasini elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlangan.

Bildirilishicha, ushbu qoidabuzarlik oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 5 mlrd 528 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yangihayot tumanida 751,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma fosh etilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand mayning ferma “O'zenergoinspeksiya”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing