Samarqandda bozor nazoratchisi va fuqarolar janjallashdi
Jamiyat
−
24 aprel 2023 9263 1 daqiqa
Samarqandda bozor ishchisi va fuqarolar o‘rtasida janjal yuz berdi. Holat yuzasidan Ichki ishlar boshqarmasi matbuot kotibi ma’lumot berdi.
Joriy yilning 17 aprel kuni Narpay tumani IIBga tumandagi “Mirbozor bozori” nazoratchisi ariza bilan murojaat qilgan. U shu kuni soat 11:00 larda bozorning kirish darvozasi oldida 4 nafar tanishlari kelishmovchilik sabab unga tan jarohati yetkazganini bildirgan.
Qayd etilishicha, holatda ishtirok etgan barcha shaxslar aniqanib, hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi