Samarqandda bolalar IIBga tegishli Damas'da “gruzovoy”ga ortilgandek tashildi. Holatga izoh berildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqandda Ichki ishlar boshqarmasiga tegishli mashinada yosh bolalarni “gruzovoy”ga ortganday ortishibdi” sarlavhasi videolar tarqaldi. Viloyat IIB holatga munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 23 aprel kuni Samarqand viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasiga qarashli Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazi xodimi o‘ziga biriktirilgan Damas rusumli 30 053 VSF davlat raqam belgili transport vositasi bilan 3 nafar voyaga yetmaganlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, markazga olib qaytayotgan bo‘lgan. 

Tasvirlardagi holatda voyaga yetmagan A.A. mashinaning pastga tushirilgan orqa o‘rindig‘ida yotib ketgani aks etgan. Qolgan ikki nafar bola mashinaning o‘rta qatoridagi o‘rindiqda o‘tirib ketgan.

Mashinadagi voyaga yetmaganlarni nazoratsiz qoldirgan xodimga nisbatan viloyat IIB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlanib, yakuni bo‘yicha qat’iy chora ko‘rilishi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand

Baholaganlar

561

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing