Samarqandda bog‘chadan go‘shtni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Jamiyat
−
17 Oktabr 2021
6998Avvalroq, Samarqand viloyatining Paxtachi tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim muassasasida bosh oshpaz va xo‘jalik ishlari mudiri bolalarning ovqatiga qo‘shilishi kerak bo‘lgan go‘shtni o‘g‘irlayotganda ushlangani haqida xabar bergan edik.
Bosh prokuratura Paxtachi tumanidagi 28-sonli DMTTda go‘sht mahsulotlari talon-taroj qilinayotganligi holati yuzasidan rasmiy munosabat bildirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Paxtachi tumani prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tekshirish natijalariga ko‘ra, 28-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.