Samarqandda bir yo‘la 15 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi

Jamiyat

image

Samarqand viloyatida 15 nafar bemor koronavirus kasalligidan butkul sog‘aydi. Ular orasida chaqaloq ham bor. Bu haqda bugun, 6 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

“Samarqand viloyatida 15 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi“, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, sog‘ayganlarning barchasi Samarqand viloyatidan (10 nafari Toyloq tumani, 2 nafari Oqdaryo tumanidan, Poyariq, Pastdarg‘om tumanlari va Samarqand shahridan 1 nafardan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning eng yoshi kattasi 65 yoshda, yoshi kichigi esa 2020 yilda tug‘ilgan chaqaloq

Ma’lumot uchun, viloyatda shu paytga qadar 37 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 52 nafarga yetdi. Ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1592 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirus yuqtirganlar 2266 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 10 nafari vafot etgan.

 

Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

104

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing