Samarqandda bir qancha bemorlar koronavirusdan sog‘aydi
Jamiyat
−
03 iyun 2020
6910Bugun, 3 iyun kuni Samarqand viloyatida esa 7 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Samarqand viloyatida esa jami kasallik aniqlanganlar 363 nafar bo‘lib, endilikda shundan 299 nafari sog‘aydi. Ayni paytda davolanayotganlar 62 nafarni tashkil etmoqda.
Shunday qilib, hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar soni 2919 nafarni tashkil etmoqda.
Avvalroq, Namanganda to‘rt nafar bemor koronavirusdan sog‘aygani haqida xabar bergan edik. Shu tariqa Namangan viloyatida jami kasallik qayd etilganlar 260 nafar bo‘lib, endilikda shundan 251 nafari tuzaldi. Davolanayotganlar esa 5 nafarni tashkil etib, ushbu viloyat koronavirusdan xoli hudud bo‘lishga ancha yaqin turibdi.
LiveBarchasi