Samarqandda bezori bolalarning ota-onasi jazolandi (video)
3-sahifa
−
25 mart
5172Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida balog‘atga yetmagan bolalar ko‘chada janjal chiqarib, qizlarni ustidan kulib yurgani aks etgan videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, holat joriy yilning 22 mart kuni tungi soat 01:00 lar atrofida Samarqand tumani “Qo‘shtamg‘ali” MFYda joylashgan Samarqand turistik markazi hududida sodir bo‘lgan. Videodagi yigitlar o‘zlariga avvaldan tanish bo‘lmagan shaxslar bilan o‘zaro tortishib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan turli axloqqa zid harakatlar sodir etgan.
Olib borilgan tekshiruvlar davomida ushbu 10 nafar shaxsning 7 nafari voyaga yetmagani aniqlangan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, to‘plangan hujjatlar sud organlariga yuborilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tumani sudi 3 nafar shaxsga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi. Voyaga yetmaganlarning esa ota-onasiga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasi (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bilan bayonnoma rasmiylashtirib, ular tegishli tartibda jarimaga tortildi.
Shuningdek, mazkur holatni sodir etgan uch nafar voyaga yetgan fuqaro va 7 nafar o‘smirning ota-onasi hamda ular tahsil olayotgan maktab rahbarlari ishtirokida tanqidiy muhokama o‘tkazilib, tushuntirish ishlari olib borilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida 23 yoshli fuqaro va 4 kishi yo‘l talashishi oqibatida janjal sodir bo‘lgandi.
LiveBarchasi