Samarqandda besh kishi konservadan zaharlandi. Bir bemor o‘ldi
Jamiyat
−
12 fevral 2021
6246Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida besh kishi ovqatdan zaharlandi. Ulardan biri vafot etdi. Bu haqda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lum qildi.
Ma’lumotga ko‘ra, Bulung‘ur tuman tibbiyot birlashmasi qabul bo‘limiga joriy yilning 7 fevral kuni tumanning “Mingtepa” MFYda yashovchi 2001 yilda tug‘ilgan I.E. tez tibbiy yordam mashinasida olib kelingan. Tibbiy tekshiruvlardan so‘ng unga botulizm tashxisi qo‘yilgan.
Tibbiy surishtiruv davomida bemor qishloqdoshi A.T. xonodonida bir kun oldin besh nafar kishi bilan palov va uy sharoitida tayyorlangan konserva (marinovka) iste’mol qilganligi aniqlangan.
Tezkor tadbir davomida tez tibbiy yordam mashinasida A.T., uning turmush o‘rtog‘i G.T., o‘g‘li Sh.T va qo‘shnisi B.B. shifoxonaga olib kelingan.
Intensiv davo muolajalari hamda botulizmga qarshi zardob berilishiga qaramasdan I.E.ning axvoli tobora og‘irlashib, 8 fevral kuni tungi soat 03:30 da vafot etgan.
U bilan birga uy sharoitida tayyorlangan konservadan zaharlangan to‘rtala bemor rayenimatsiya postida statsionar sharoitda davolanmoqda.
Bemor Sh.T. ahvoli og‘irligicha qolmoqda. U su’niy nafas olish apparati yordamida muolaja olmoqda. A.T., G.T. va B.B.ning umumiy ahvollari o‘rta og‘ir bo‘lib, barchasi muolaja olishmoqda.
SSB kafolatlanmagan konserva mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida zaharlanishning eng xavfli turi bo‘lmish botulizm bilan kasallanish mumkinligidan ogohlantirgan.
LiveBarchasi