Samarqandda avtobus ag‘darildi. Qurbon va jabrlanuvchilar bor
3-sahifa
−
31 iyul 2021
8868Samarqandda avtobus ag‘darilishi oqibatida ikki nafar yo‘lovchi vafot etdi. Yana besh kishi shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xizmati bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun, 31 iyul kuni soat 01:45 larda Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanida 38 yoshli haydovchi E.U. YUTONG rusumli avtobusida “Buxoro – Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan velosipedchini urib yubormaslik maqsadida rulni o‘ng tomonga burgan va boshqaruvni yo‘qotib, ag‘darilib ketgan.
Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisasi oqibatida avtobus salonida bo‘lgan 24 yoshli J.N. shifoxonada va 40-45 yoshlar atrofida bo‘lgan (shaxsiga aniqlik kiritilmoqda) yo‘lovchi shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.
Shuningdek, yo‘lovchilar 48 yoshli B.S., 29 yoshli A.A., 22 yoshli G.S., 48 yoshli M.B. va 35 yoshli D.A. turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.