Samarqandda avtobus haydovchilarining janjali o‘lim bilan yakunlandi (video)

3-sahifa

image

Kecha, 13 oktyabr kuni Samarqand shahrida ikkita avtobus haydovchisining o‘zaro kelishmovchiligi o‘lim bilan yakunlandi. Bu haqda viloyat IIB YHXB ma’lum qildi.

13 oktyabr kuni soat 08:10 larda Samarqand shahar Mirzo-Ulug‘bek ko‘chasida harakatlanib kelayotgan yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi ikkita Isuzu rusumli avtobus haydovchilari o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Janjal natijasida haydovchilar odamlar e’tiborini o‘ziga qaratib, bir-birini haqorat qilgan.

Haydovchilardan biri avtobusga o‘tirib, harakatga tushgan. Ikkinchisi esa harakatdagi avtobus eshigiga osilib olgan. Haydovchi esa avtobusni to‘xtatmasdan, harakatni davom ettirgan. Shu paytda avtobus eshigiga osilib kelayotgan haydovchi tushib ketgan va olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.

Ikkinchi haydovchi esa voqea joyidan ketib qolgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

avtobus

Baholaganlar

1082

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing