Aripov Samarqandda xalqaro konferensiyani ochib berdi
Jamiyat
−
26 avgust 2019
5264Bugun, 26 avgust kuni Samarqand shahrida “Moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrash: dolzarb muammolari va ularni hal qilish strategiyasi” mavzusida xalqaro konferensiya boshlandi.
Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti YUNESKO Bosh direktori Odri Azule ishtirok etyapti.
Bugun, shuningdek “Sharq taronalari” o‘n ikkinchi xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimi o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, YUNESKO BMTning 17 ta ixtisoslashgan muassasalaridan biri bo‘lib, 1945 yil 16 noyabrda tuzilgan. Tashkilotning bosh qarorgohi Parij shahrida joylashgan. Bugungi kunda YUNESKOga 195 mamlakat a’zo. O‘zbekiston tashkilotga 1993 yil 26 oktyabrda a’zo bo‘lgan.
O‘zbekiston YUNESKO Ijroiya kengashi tarkibiga ikki marta saylangan.
Samarqandda o‘tkaziladigan xalqaro konferensiya hamda “Sharq taronalari” musiqa festivali ham YUNESKO shafeligida tashkil etilmoqda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr