Samarqandda 7 tup daraxt kesgan shaxs jarimaga tortildi
3-sahifa
−
17 iyul
3729Samarqandda 7 tup daraxt kesgan shaxs jarimaga tortildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Narpay tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida tumanning “Baxt” MFY hududida fuqaro R. I. tomonidan 7 tup har xil turdagi mevali daraxtlar noqonuniy tarzda kesib tashlangani ma’lum bo‘lgan.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi ( Daraxtlarni, buta, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazdi) 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. R.I.ga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari, ya’ni 8 million 500 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.
Shuningdek, fuqaro qilmishi bilan tabiatga 3 million 230 ming so‘m zarar yetkazilgani aniqlangan va shu sababli huquqbuzar jami 11 million 730 ming so‘m to‘laydigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida 22 tup manzarali daraxtni kesgan uch kishi 171 million so‘mdan ortiq jarimaga tortilgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr