Samarqandda 7 kishi zaharlandi
Jamiyat
−
17 Sentabr 2019
3488Samarqandda 7 kishi ovqatdan zaharlandi. Kecha, 16 sentyabr kuni 16:10 dan soat 18:30 ga qadar turli xonadonlarda yashovchi 7 nafar fuqaro bir xil klinik belgilar bilan shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi xabar bermoqda.
Zaharlanish sabablarini o‘rganish borasida o‘tkazilgan dastlabki epidemiologik surushturuvlarda quyidagilar aniqlangan:
• barcha bemorlar Samarqandning Registon ko‘chasida joylashgan “Mo‘’jiza” restoranida 14 sentyabr kuni kechki vaqtda o‘tkazilgan to‘ydan so‘ng ortib qolgan go‘sht va assorti mahsulotlarini uylariga olib kelishgan;
• bu taomlarni joriy yilning 15 sentyabr kuni tushlikda va kechki ovqatda iste’mol qilishgan.
Ayni vaqtda bemorlarning ahvoli va ko‘rilgan choralar bo‘yicha rasmiy ma’lumot berilganicha yo‘q. Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘rganish o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.