Samarqandda 41 yoshli ayol qaynakasi tomonidan kaltaklandi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda samarqandlik ayol kaltaklangani aks etgan videolar tarqaldi. Ushbu holatga viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi munosabat bildirdi.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, 1982 yilda tug‘ilgan ayol M.R. va turmush o‘rtog‘ining akasi A.R. o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqqan. Fermer xo‘jaligi ishchisi bo‘lgan A.R. fermer xo‘jaligi ekin maydoniga qoramoli tushgani uchun M.R.ga tan jarohati yetkazgan. 

Ayol shu yilning 30 may kuni yuz va qo‘l-oyoq sohasidagi jarohat bilan shifoxonaga yotqizilgan bo‘lib, ayni vaqtda ahvoli nisbatan qoniqarli. 

“Albatta, M.R.ga yetkazilgan tan jarohatida zo‘ravonlik alomatlari borligi inkor etib bo‘lmas haqiqatdir. Xotin-qizlarga nisbatan bo‘ladigan tazyiq va zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lish, ularni himoya qilish, baxtli turmush kechirishi  uchun barchamiz mas’ulmiz”, deyiladi boshqarma xabarida.

Qayd etilishicha, ayni vaqtda bemorning salomatligi, huquqiy himoyasi doimiy nazoratda. Jomboy tumani Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda 72 yoshli erkakni mahalladoshi kaltaklab o‘ldirib qo‘ygandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand kaltaklash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing