Samarqandda 4 yigit derazadan tushib ketgan qizni qutqarib qoldi

Jamiyat

image

Samarqand viloyatida 4 nafar yigit ko‘p qavatli uyning derazasidan tushib ketgan qizchaning hayotini saqlab qoldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Joriy yilning 1 iyun kuni viloyatdagi maktablardan birining 11-sinf bitiruvchilari – Sh.B., M.S.,O.O‘ va J.E., sayr qilib yurganda ko‘p qavatli uyning 4-qavatida boshi panjara orasiga tiqilib, tanasi havoda osilib turgan  qizchani ko‘rib qolgan.

O‘quvchilardan biri darhol qizaloqning ota-onasiga xabar berish uchun xonadon tomon yugurgan, qolganlari qizaloq osilib qolgan balkon ostida qo‘llarini cho‘zib, qutqaruv panjarasini yasagan.

Yigitlardan biri zinapoyadan yugurib chiqayotgan paytda qizaloq pastga qulab tushgan. Yigitlar uni tutib olgan. Aniqlanishicha, onasi uy ishlari bilan ovora bo‘lgan vaqtda qizcha balkonga chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand ko'p qavatli uy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing