Samarqandda 32 yoshli ayol o‘zini osib qo‘ydi

3-sahifa

image

Samarqand viloyati Narpay tumanida 32 yoshli ayol o‘zini osib qo‘ydi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Joriy yilning 6 yanvar kuni Narpay tumani, “Charxin” MFYda yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro A.I. uyining molxonasida o‘zini osib, joniga qasd qilgan.

Mazkur holat yuzasidan sud tibbiy ekspertiza hamda uning oila a’zolari va yaqin qarindoshlari tomonidan oilaviy nizolari, shuningdek, biror kishi A.I.ning ustidan shikoyat qilib mahallaga og‘zaki yoki yozma tartibda murojaat qilgan-qilmagani bo‘yicha  tekshiruv tayinlangan.

Shuningdek, voqea sodir bo‘lgan kuni yoki undan oldin A.I.ning xonadonida yaqin qarindoshlari yoki biror-bir kishi o‘rtasida urush-janjal bo‘lgan-bo‘lmaganini aniqlash maqsadida tegishli idoralarga alohida topshiriq berilgan.

Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Samarqandda 1991 yilda tug‘ilgan ayol ustiga suyultirilgan gaz kondensatini sepib, o‘z joniga qasd qilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand o'zini osish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing