Samarqandda 22 yoshli qizni Turkiyaga fohishalik uchun yuborayotgan erkak qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Samarqand xalqaro aeroportida 22 yoshli qizni Turkiyaga aldov yo‘li bilan fohishalik uchun yuborayotgan erkak qo‘lga olindi. U Istanbulda yashovchi onasi bilan til biriktirgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, viloya IIB va DXX tomonidan olib borilgan tezkor tadbirda 1992 yilda tug‘ilgan A.A. qo‘lga olingan. Ushbu fuqaro Turkiyaning Istanbul shahrida yashab kelayotgan, 1973 yilda tug‘ilgan onasi O.R. bilan oldindan jinoiy til biriktirib, 1999 yilda tug‘ilgan M.ni fohishalik maqsadida ishlatish uchun chet elga yuborayotgan paytda Samarqand xalqaro aeroportida ushlangan. 1999 yilda tug‘ilgan qizning keyingi manzili Turkiyaning Istanbul shahri bo‘lishi kerak edi. 

Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan, Samarqand shahri IIB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentyabr oyi boshida Sirdaryoda Rossiyaga ishlash uchun ketgan tanishi bilan til biriktirib boshqa bir fuqaroni fohishalik bilan shug‘ullanishga jo‘natmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olingandi. Bundan avvalroq, uch nafar qizni Turkiya Respublikasiga fohishalik qilish uchun jo‘natayotgan ayol Toshkent xalqaro aeroportida ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

239

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing