Samarqandda 2 ta yangi OTM ochiladi

Jamiyat

image

Yangi o‘quv yilidan Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida 2 ta oliy ta’lim muassasasi ochiladi. Bu haqda Davlat test markazi matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Samarqand viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish va yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilingan edi. Ushbu hujjat loyihasida Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali hamda Toshkent davlat transport universitetining Kattaqo‘rg‘on filialini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, SamDUning Kattaqo‘rg‘on filiali va Transport universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali ta’lim faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Joriy yilning 15 iyun kunidan oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun hujjatlar topshirish boshlanadi. Hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi va ularni qabul qilish har kuni 24 soat davom etadi.

Kirish imtihonlari esa, 25 iyuldan 20 avgustgacha bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

OTM Samarqand

Baholaganlar

249

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing