Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatida 5 kishi ovqatdan zaharlandi. Oqibatda ularning 2 nafari vafot etdi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi xabar berdi.

Joriy yilning 6 yanvar kuni Qo‘shrabot tumanida ovqatdan zaharlanish – botulizm bo‘yicha 5 nafar kishi kasallangan. Shundan so‘ng, ulardan 2 kishi vafot etgan.

Qo‘mitaning qayd etishicha, botulizm asosan uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida kelib chiqadi.

“Samarqand viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi qo‘lbola usulda tayyorlangan va sifati kafolatlanmagan konserva mahsulotlarini iste’mol qilmaslikni so‘raydi”, deyiladi xabarda.

Qo‘mita bu xabarni hodisa sodir bo‘lganiga oradan 20 kun o‘tib e’lon qilayotgani tushunarsiz hol.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasida ikki nafar bola zararli uy hayvonlarini o‘ldirish uchun beriladigan “Margimush” dorisidan zaharlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand zaharlanish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing