Samarqandda 17 yoshli qizning jasadi topilgani bo‘yicha jinoiy ish ochildi

3-sahifa

photo_2021-05-16_15-21-53
0:00
0:00
download

Joriy yilning 11 may kuni Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida 17 yoshli qizning jasadi kanaldan topilgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 27 may kuni ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanidan oqib o‘tuvchi kanaldan 17 yoshli qizning jasadi topilgani holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 103-1-moddasi (O‘zini o‘zi o‘ldirishga undash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Xabarga ko‘ra, ushbu ish tergov olib borish uchun Pastdarg‘om tumani Ichki ishlar boshqarmasi Tergov bo‘limiga yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand

Baholaganlar

537

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing