Samarqandda 13 yashar bola oyog‘idan kishanlangan holda topildi (video)
3-sahifa
−
17 mart
26756Kecha, 16 mart kuni Samarqandning Bog‘ishamol dahasidagi Ozod Sharq ko‘chasida 13 yashar bola Damas avtomobiliga oyog‘idan kishanlangan holda topildi. Bu haqda “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov ma’lum qildi.
Tashanovning bildirishicha, bola huquqni muhofaza qilish organi sobiq xodimi tomonidan bandi qilingan. Bolani bandi holatda ko‘rgan atrofdagilar 102 ga qo‘ng‘iroq qilishgan. IIO xodimlari zo‘ravon shaxsning sobiq xodim ekanini bilgach, atrofdagilarga bu holatning zo‘ravonlik bo‘lmagani haqidagi dalolatnomaga qo‘l qo‘ydirib olishgan.
Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov mazkur holat yuzasidan, Jinoyat kodeksining 138-moddasi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Hozirda ichki ishlar organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov jarayoni nazoratga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatidagi maktablardan birining direktori o‘g‘il bolalarning boshini bir-biriga urishtirib, kaltaklagan edi.