Samarqandda 12 nafar ayolni 2 yil fohishalik qilishga majburlagan ayol qamoqqa olindi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatida 44 yoshli ayol 12 nafar fuqaroni pasportini olib qo‘yib, ikki yil davomida fohishalik qilishga majburlagani aniqlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum qiliniishcha, 2018 yilning avgust oyidan joriy yilning oktyabr oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida 44 yoshli O.K. Samarqand shahrida joylashgan uylarning birida K.U., R.E., A.A., K.A., M.F., L.M., M.Sh., G.M., M.R., H.S., D.R. va Z.B.ga ijaraga boshpana berishni va’da qilgan.

O.K. ularning fuqarolik pasportlarini g‘ayriqonuniy ravishda egallab, tungi vaqtda Samarqand shahar Ro‘dakiy ko‘chasi va boshqa joylarida fohishalik bilan shug‘ullanishlariga majburlagan. 

Ta’kidlanishicha, bu shaxs 12 nafar fuqaroni zo‘rlik bilan ishlatib, har biridan kunlik 200 000 so‘mdan 500 000 so‘mgacha pullarni topish maqsadida foydalanib, ushbu yo‘l bilan topilgan pullarni o‘zida saqlab, shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflagan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi “b” bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. O‘tkazilgan tintuv tergov harakati davomida yuqoridagi shaxslarning fuqarolik pasportlari tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Hozirda O.K. jinoyat ishi doirasida JKning 135-moddasi 2-qismi “b,i” bandlari bilan ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi tanlangan.

Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

fohishalik odam savdosi

Baholaganlar

3001

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing