Samarqandda 10 yoshli jiyanini bir yarim yil davomida zo‘rlab kelgan erkakka hukm o‘qildi

3-sahifa

image

Avvalroq Samarqand viloyatida 45 yoshli erkak 1,5 yil mobaynida 10 yoshli jiyaniga uyatsiz xatti-harakatlar qilishda ayblanib, hibsga olingani haqida xabar bergan edik. Joriy yilning 28 sentyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Jomboy tuman sudida mazkur holat yuzasidan yuritilgan jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. Bu haqda Samarqand viloyat sudlari axborot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 28 sentyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Jomboy tuman sudida sudlanuvchi T.N.ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilingan. Ushbu sud jarayoni Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilgan. 

Sud hukmiga ko‘ra, T.N. Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Shuningdek, birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Samarqand viloyati sudining apellyatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirishga haqli ekani ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida 55 yoshli erkak 7 yashar qizga pod’ezdda tegajog‘lik qilgani haqida xabar berilgandi. Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 20 sentyabr kuni o‘tkazilgan sud majlisida ayblanuvchiga nisbatan 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

sud Samarqand zo'rlash Jomboy jinoyat ishi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made