Samarqandda 10 ming dollarga 1 gektar yer olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Jamiyat

image

Samarqandda F.M. ismli shaxs o‘zini hokimlik idolarida ishlashini aytib, boshqa bir fuqaroga 1 gektar yer olib berish evaziga 10 ming AQSH dollari talab qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda. 

Ma’lum qilinishicha, Samarqand viloyati Samarqand tumanida fuqaro F.M. tadbirkor A.ga  o‘zini hokimlik idoralarida ishlashini aytib, tuman hududidan ishlab chiqarish sexi qurish uchun 1 gektar yer olib berishni va’da qilgan. Yer olib berish evaziga esa 10 ming AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvdan so‘ng, F.M. ismli shaxs tomonidan tadbirkordan olgan pullari hisobidan 5 ming AQSH dollarini o‘z ixtiyori bilan qaytargan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168–moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand

Baholaganlar

29

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing