Samarqandda $10 ming dollar pora so‘ragan bank rahbari qo‘lga olindi 

3-sahifa

image

Samarqand shahrida pora talab qilgan “Mikrokreditbank” rahbari qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi. 

Ta’kidlanishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan Samarqand shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan. 

Unda “Mikrokreditbank” Samarqand filiali rahbari 1982 yilda tug‘ilgan B.H. Samarqand shahridagi MCHJga 2 milliard so‘m kredit ajratib berish evaziga pora so‘ragani aniqlangan. U tadbirkordan 10 000 dollar miqdorida pora talab qilib, oldindan 4 000 dollar miqdoridagi pullarni olgan. 

Tadbir davomida bank rahbari qolgan 6 000 dollar miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. 

Mansabdorga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

pora Samarqand bank

Baholaganlar

624

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing