Samarqandda 10 kunda 8 kishi is gazidan vafot etdi. Ularning 5 nafari yosh bolalar
3-sahifa
−
27 Oktabr 2021
4102Samarqand viloyatida oktyabr oyining ikkinchi o‘n kunligida 8 nafar fuqaro is gazidan zaharlanib vafot etgan. Ularning 5 nafari bolalardir. Bu haqda Pastdarg‘om tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi FVDT va fuqaro muhofazasi bo‘linmasi boshlig‘i katta leytenant Sirojiddin Abdullayev ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, oktyabr oyi boshidan beri viloyatda 128 ta xonadonda isitish vositalarining nazoratsiz qolishi oqibatida yong‘in kelib chiqqan. Fuqarolardan 3 nafari kuyish tan jarohati olgan.
“O‘tgan 10 kun davomida viloyatimizda jami 4 ta holatda is gazidan zaharlanish holatlari kuzatilgan. Buning oqibatida 1 nafar fuqaro o‘tkir zaharlanish bilan shifoxonaga yotqizilgan, 8 nafari esa vafot etgan. Eng achinarlisi ulardan 5 nafari yosh bolalardir”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi