Samarqandda 10 kishi koronavirusdan sog‘aydi

Jamiyat

image

Samarqand viloyatida navbatdagi 10 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib chiqdi va reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tuzalganlarning barchasi Samarqandan viloyatidan (4 nafari Toyloq tumanidan, 2 nafari Samarqand shahri va Oqdaryo tumanidan, Jomboy va Payariq tumanidan 1 nafardan) bo‘lib, 9 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. 1 nafari esa Gruziyadan Qozog‘iston orqali yurtimizga kelgan va karantinga olingan, kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Ularning eng yoshi kattasi 62 yoshda, yoshi kichigi esa 4 yoshda.

Viloyatda shu paytga qadar 70 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 80 nafarga yetdi.

Ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1856 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha 2387 kishida koronavirus aniqlandi. Bugungacha bemorlarning 10 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

131

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing