Samarqandda 1 kilo “geroin”ni sotayotganlar ushlandi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatida og‘irligi 1 kilogramm bo‘lgan “geroin” giyohvandlik moddasi savdosiga chek qo‘yildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan sudlangan 43 yoshli fuqaro o‘zining sherigi bo‘lgan 1992 yilda tug‘ilgan shaxsga og‘irligi 1 kg bo‘lgan “geroin” moddasini 38 ming dollarga sotayotgan paytda qo‘lga olingan. 

Holat yuzasidan ushbu shaxsga Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatining Chust tumanida uyida giyohvandlik vositalarini saqlab kelayotgan shaxs qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

Aliqulov Javohir


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Samarqand geroin giyohvandlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing