Samarqandda 1,3 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irlagan novvoyxona aniqlandi
3-sahifa
−
04 yanvar
3348Samarqand viloyatining Toyloq tumanidagi novvoyxonada 1,329 milliard so‘m miqdoridagi gaz talon-toroj qilindi. Bu haqda “Hududgazta’minot” matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, reyd jarayonida Samarqand viloyati Toyloq tumani “Qo‘rg‘oncha” MFYda joylashgan “S. Sh.” oilaviy korxonasida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan. Nnovvoyxona egalari yashirin yo‘l bilan tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan. Holat bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilingan va yetkazilgan zarar 1,329 milliard so‘m miqdorida hisoblangan.
Qayd etilishicha, barcha daliliy ashyo va hujjatlar huquq-tartibot organlariga topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatida 5 mlrd so‘mdan ziyod tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlangandi.
LiveBarchasi