Samarqandda hokim bo‘lganimda, faqat Aripov kelib muammolarni so‘ragan – Shavkat Mirziyoyev

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati kengashi yig‘ilishida bosh vazir Abdulla Aripov faoliyatiga to‘xtaldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Davlat rahbari yig‘ilish davomida ijro hokimiyatidagi kadrlar masalasiga to‘xtalib o‘tgan.

“Bizga maslahat beradigan emas, aravani tortadigan hokim kerak. Qorovullik uchun vazir bo‘lmaydi”, deya ta’kdlagan davlat rahbari.

Prezident Bosh vazir Abdulla Aripov haqida ham fikr bildirgan va uni vazirlarga o‘rnak qilib ko‘rsatgan.

“Men nima uchun Aripovni yonimda olib yuraman, bu odam o‘zgarmaydi. Kasbiga munosabati boshqacha, halol odam. Samarqandda hokim bo‘lganimda bitta shu vazir oldimga kelib, muammolarni so‘ragan. Boshqa birorta vazir kelmagan. Urgutda telefon yo‘q, dedim. O‘zi uch kun yurib, masalani hal qildi. Vazir shunday bo‘lishi kerak”, dedi u.

Avvalroq, Prezident yig‘ilishda Farg‘ona viloyatining yangi hokimi Xayrulla Bozorov haqida fikr bildirib, uni xalqparvar ekanini ta’kidlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Abdulla Aripov Farg'onaga tashrif

Baholaganlar

3370

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing