Samarqandda “Hizb ut-Tahrir”ning 6 nafar a’zosi qo‘lga olindi
Jamiyat
−
17 iyun 2021 10765 1 daqiqa
Samarqand viloyatining Urgut tumanida “Hizb ut-Tahrir” terrorchilik tashkiloti a’zosi ekani gumon qilingan 6 nafar shaxsning g‘ayriqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, ular orasida muqaddam mazkur terroristik tashkilot g‘oyalarini targ‘ibot qilganligi bois jinoiy jazoga mahkum etilgan shaxslarning borligi aniqlangan.
Hozirda mazkur jinoyat ishi doirasida ushbu shaxslarga nisbatan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Sirdaryoda ekstremistik harakat a’zosi ekani aytilgan 20 kishi qo‘lga olingani haqida xabar bergan edik.
Live
Barchasi