Samarqandda haydovchilar ommaviy mushtlashuv uyushtirdi (video)
3-sahifa
−
17 iyun 2021
16447Samarqand viloyatining Urgut tumanida “Jiguli” va Captiva haydovchilari bir-birlariga yo‘l bermasligi oqibatida janjal kelib chiqdi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB xabar berdi.
Kecha, 16 may kuni soat 22:30 larda Urgut tumani “Dehqonobod” mahallasi “VAZ 2106” hamda Captiva rusumli avtomashina haydovchilarining bir-biriga yo‘l bermasligi natijasida fuqarolar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Janjalga avtomashinalarda bo‘lgan fuqarolar ham qo‘shilgan.
Janjal oqibatida ikki nafar fuqaro tan jarohati olib, Urgut tumani Tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.
Hozirda jabrlanuvchilar olgan tan jarohatlarining og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sud tibbiy ekspertizasi tayinlanib, Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar