Samarqandda haydovchi uch kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 24 aprel kuni soat 00:20 da Navoiy viloyatida yashovchi fuqaro B.I. o‘z boshqaruvida bo‘lgan “Navo sinotryuk” rusumli, davlat raqami 30 696 TAA bo‘lgan avtomashinasida Narpay tumani Oltio‘g‘il mahallasida yashovchi 4 nafar fuqaroni urib yuborgan. 

Voqea oqibatida 3 nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan, bir nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Bugun, 26 aprel kuni mazkur hodisa Samarqand viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari ishtirokida Oltio‘g‘il va  Bedan mahallalari aholisi bilan birga muhokama etilgan. Bu haqda “Zarnews” xabar berdi.

Uchrashuvda ushbu mudhish yo‘l-transport hodisasiga sabab bo‘lgan omillar tahlil etilib, yo‘llarda harakatlanishda amaldagi qoidalarga qat’iy rioya qilish lozimligi ta’kidlangan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Samarqand

Baholaganlar

45

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing