Samarqandda harakatlanayotgan Tracker-2 yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
26 iyul 8906 1 daqiqa
Kecha, 25 iyul kuni Samarqand viloyatining Samarqand shahrida Tracker-2 rusumli avtomobil yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 16:40 larda Samarqand shahrining Al-Xorazmiy ko‘chasida harakatlanib kelayotgan Tracker-2 rusumli avtomobilda yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida boshqarmaga xabar kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra, voqea joyiga 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:43 da yetib borib, yong‘in soat 16:53 da o‘chirilgan.
Bildirilishicha, yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Cobalt rusumli avtomobil yonib ketgandi va oqibatda mashinada bo‘lgan 4 kishi kuyish tan jarohatini olgandi.
Live
Barchasi