Toshkentda Cobalt yonib ketdi. Jarohatlanganlar bor

3-sahifa

image

Kecha, 20 iyul kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Cobalt rusumli avtomobil yonib ketdi va oqibatda mashinada bo‘lgan 4 kishi kuyish tan jarohatini oldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 22:57 da tumanda joylashgan Kichik halqa yo‘li ko‘chasidagi avtomobilda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan

Yong‘in-qutqaruv  ekipajlari aytilgan manzilga soat 23:05 da yetib borib, yong‘in soat 23:07 da o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida 4 nafar fuqaro kuyish tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Uchtepa tumanida 18-avtosaroyga qarashli 64-raqamli avtobus yonib ketgani haqida xabar berilgandi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in Cobalt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing