Samarqandda hamshira ayol do‘pposlandi. Viloyat IIB holatga izoh berdi
3-sahifa
−
28 fevral 2021
52422Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar qizi bor hamshira ayolni urib sudrashgani aks etgan video va xabar tarqalgandi. Samarqand viloyati IIB mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, tasvirlardagi holat 2021 yil 5 fevral kuni Pastdarg‘om tumanida sodir bo‘lgan.
Kelishmovchilik, tumanning “Bog‘ishamol” mahallasida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro, X.D. hamda uning “A.Navoiy” MFYdagi uyida ijarada yashab kelayotgan, 1983 yilda tug‘ilgan, B.S. o‘rtasida sodir bo‘lgan.
Fuqaro X. ushbu uyni boshqa bir kishiga sotayotganligi sababli, ijarachidan uyidan chiqishini, so‘ragan. B. esa ushbu xonadonning ijara pulini mart oyiga qadar to‘lab qo‘yganligini, shu sababli uydan chiqmasligini aytgan.
Oqibatda janjal yuzaga kelgan. Natijada fuqaro B. tan jarohatlari bilan Pastdarg‘om tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan barcha hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tuman sudiga taqdim etilgan.
LiveBarchasi