Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasiga boshliq tayinlandi

Jamiyat

image

Baxtiyor Muqimovich Jo‘rayev Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Baxtiyor Muqimovich Jo‘rayev 1988 yilda Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida tug‘ilgan. 2009 yilda Farg‘ona politexnika institutining bakalavri, 2011 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining magistratura bosqichini tamomlagan.

2015 yildan buyon Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasida turli lavozimlarda ishlab kelgan. 2017–2021 yillarda Davlat ekologik ekspertizasi markazi direktori lavozimida ishlagan. 2021–2024 yillarda Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasiga rahbarlik qilgan.

Shuningdek, Xushbakov Dilshod Murodullayevich Ekologiya vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ma’lumot uchun, Dilshod Xushbakov 1988 yilda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan. 2013 yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti, shuningdek, Samarqand davlat universitetini tamomlagan.

2014–2016 yillarda Samarqand viloyati Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasida, 2017–2019 yillarda viloyat hokimligida ishlagan. 2019–2020 yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Samarqand viloyat boshqarmasi Kadrlar bo‘yicha bosh inspektori sifatida faoliyat yuritgan. 2020 yildan bugunga qadar esa viloyat hokimligida yetakchi mutaxassis sifatida ishlab kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ekologiya boshliq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing