Samarqand viloyati hokimligi ta’tildagi Turdimov haqida ma’lumot berdi
Jamiyat
−
29 yanvar 2021 23764 1 daqiqa
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov tez orada ta’tilini tamomlab, o‘z xizmat vazifasiga qaytadi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
“Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov tez fursatda (ta’tildan so‘ng) o‘z xizmat vazifalarini bajarishga kirishishini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, OAVda Erkinjon Turdimov mikroinsult boshdan kechirgani va Samarqanddan Toshkentga kelib, davolanayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Keyinroq viloyat hokimligi matbuot xizmati Turdimov 10 yanvar kunidan salomatligini tiklash uchun qisqa muddatli davolanish ta’tiliga chiqqanini ma’lum qilgandi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28